
Aziz Berlin Zentrum o‘quvchilari va jamoasi!
Xabaringiz bor, 21–22-aprel kunlari markazimizda BerufsEXPO doirasida Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida madaniyat almashinuv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan biz iqtidorli o‘quvchilarimizni sahnaga taklif qilamiz.
Agar siz:
— sahnada chiqish qilishni xohlasangiz
— qo‘shiq, raqs yoki boshqa iste’dodingiz bo‘lsa
— o‘zingizni ko‘rsatishga tayyor bo‘lsangiz
Bu siz uchun imkoniyat.
Eng faol va iqtidorli yigit-qizlar saralab olinadi va sahnada chiqish qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Murojaat uchun: @SLZAndijanBZ
O‘zingizni sinab ko‘ring, tajriba orttiring va katta sahnaga bir qadam yaqinlashing.
Berlin Zentrum – Sicher ans Ziel!